Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hududlarga chiqib fuqarolar bilan uchrashuvlar, ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganishlar olib bormoqda.
Fraksiyamiz a’zosi Z.Zohidov Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida fuqarolar bilan muloqot o‘tkazdi. Muloqot davomida fuqarolarning murojaatlari eshitilib, bildirilgan muammolarni ijobiy hal etish choralari belgilab olindi.
Qabulda tegishli davlat tashkilotlari va mas’ul idoralar rahbarlari ham ishtirok etib, fuqarolarning ish, uy-joy, kommunal xizmatlar, yo‘l va transport, tadbirkorlik va ijtimoiy sohalarga oid masalalari muhokama qilindi.
Yana bir deputatimiz A.Temirov Kosonsoy tumanida bo‘lib, aholi bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlarda aholi murojaatlari tinglanib, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va shu yo‘nalishda kelgusida rejalashtirilgan vazifalarning ahamiyatini haqida ham suhbatlashildi.
Shuningdek, A.Temirov tuman tibbiyot birlashmasi, tug‘uruq kompleksi va 23-sonli DMTTda bo‘lib, muassasalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish holatlari o‘rganildi.