E’tirof muborak faxriylarimiz!
“Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni uzoq yillar davomida halol, fidokorona va samarali mehnat qilib, jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizni e’tirof etish maqsadida ta’sis etilgan.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi safida uzoq yillar davomida halol mehnat qilib, namunali faoliyat ko‘rsatgan, fidoyiligi bilan boshqalarga ibrat bo‘lib kelayotgan bir guruh mehnat faxriylarimiz Maqsuda Vorisova, Mixail Yelshov va Qizilgul Qosimova “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Shu munosabat bilan mehnat faxriylarimizni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining ko‘p ming sonli a’zolari va faollari nomidan samimiy qutlaymiz.