Deputat tashabbusi bilan ko‘chalarning 400 metr qismi asfaltlanmoqda

 

Partiyamiz Boysun tuman kengashi deputati F.Tursunqulovga “Avlod” mahallasida yashovchi fuqarolardan murojaat kelib tushgan edi.

Unda aytilishicha, mahallaning Ko‘ksoy va Yakarcha nomli ichki ko‘chalarining holati achinarli va yog‘ingarchilik paytlarida harakatlanish imkonsiz. Deputat muammoni joyiga chiqib o‘rganganida ko‘chalarning umumiy 400 metr qismini ta’mirlatish kerakligiga amin bo‘lib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborgan.

Yuborilgan so‘rovlar natijasida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi va bugungi kunda ko‘chalarni ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish