Deputat tashabbusi bilan obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda
Deputat tashabbusi bilan obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda

 

Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanidagi obodonlashtirish ishlari O‘zbekiston XDP tuman Kengashi deputati, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi O‘. Cho‘tboyev boshchiligida hududdagi mahalla nuroniylari, tadbirkorlar va faol aholi vakillari ishtirokida hashar yo‘li bilan amalga oshirilmoqda.

Jumladan, “Joyilma” mahallasining Beshkapa qishlog‘idan “Bobur” mahallasi yo‘nalishi bo‘ylab piyodalar yo‘lakchasini betonlash ishlari olib borildi. Umumiy hisobda barpo etilayotgan piyodalar yo‘lakchasining uzunligi 2,5 kilometrni tashkil etadi.

Tashabbuskorlarning ta’kidlashicha, “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” g‘oyasi nafaqat hududning tashqi ko‘rinishini yaxshilashga, balki jamoaviy birdamlik va fuqarolik mas’uliyatini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish