Mehnat muhojirlarining oilalaridan xabar olindi

 

Partiyamiz Boyovut tuman Kengashi deputati Jumavoy Rahmonqulov tumanning “Navbahor” mahallasida istiqomat qiluvchi xorijda mehnat migratsiyasida bo‘lgan fuqarolarning xonadonlarida bo‘lib, oilalarning holidan xabar oldi.

10 dan ortiq shunday oilalar bilan uchrashib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, xorijdagi yaqinlarining yashash va mehnat sharoitlari, duch kelayotgan muammolari bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, olib borilgan targ‘ibot va tushuntirish ishlari natijasida Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini olib borayotgan 3 nafar fuqaroning oilasi bag‘riga qaytib kelishi uchun zarur yordam ko‘rsatildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish