Ayollar salomatligini muhofaza qilish masalasi jamoatchilik muhokamasida bo‘ldi

 

Partiyamiz Navoiy viloyat kengashi tomonidan jamoatchilik vakillari hamda mutaxassislar ishtirokida ayollar orasida onkologik kasalliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligiga bag‘ishlab jamoatchilik eshituvi tashkil etildi.

Jamoatchilik eshituvida so‘zga chiqqan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya amaliy tekshirish markazi mutaxassisi onkologik kasalliklarni erta aniqlash, profilaktik ko‘riklarning ahamiyati hamda ayollar salomatligini saqlashda tibbiy xizmatlar sifatini oshirish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida ayollar salomatligini mustahkamlash hamda onkologik kasalliklar nazoratini yanada kuchaytirishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish