Siyosiy pozitsiyani bildirish va himoya qilish zarur

 

Avvalroq, Xalq demokratik partiyasi joriy yildan hududiy tashkilotlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, deputatlik birlashmalarining talabchanligini oshirish, muhim ijtimoiy masalalar bo‘yicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, elektorat vakillari bilan qizg‘in muloqot muhitini izchil yo‘lga qo‘yish, murojaatlarni samarali hal etish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o‘quv-seminarlar o‘tkazayotgani haqida xabar bergan edik.

Bugun navbatdagi o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlari va deputatlar faoliyatini tizimli tashkil etish, tadbirlarni tashkil etishda zamonaviy targ‘ibot texnologiyalari va aholi bilan samarali muloqot usullari hamda deputatlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini faol yuritish kabi masalalar bo‘yicha Markaziy Kengash mas’ullari atroflicha ma’lumot berishdi.

Seminar davomida berilgan amaliy tavsiyalar deputatlar faoliyati samaradorligini oshirish, zamonaviy targ‘ibot usullarini joriy etish va jamoatchilik bilan ishlashni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish