Aholi murojaatlariga yechim topdi

 

Partiyamiz Xonqa tuman kengashi raisi Feruz Vaisov "Extirom" mahallasida bo‘lib, aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda mahalla fuqarolar yig‘ini mutasaddilari hamda aholi vakillari ishtirokida fuqarolarni qiynab kelayotgan muammoli masalalar muhokama qilindi.

Jumladan, Shavkat Turdiyev mahalladagi ba’zi elektr ustunlari yaroqsiz holda ekanligini, bu esa yog‘ingarchilik mavsumida elektr ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘layotgani bilan birga aholi hayotiga ham xavf tug‘dirayotganini  aytib o‘tdi. Yana bir fuqaro Qadamboy Yunusov “Nurzamin” xamda “Nizomiy” ko‘chalari chorrahasida toza ichimlik suvi quvuri yorilishi natijasida ichimlik suvi isrof bo‘layotganligini ma’lum qildi.

Deputatimiz bildirilgan murojaatlarga mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topdi. Elektr ustunlarini almashtirish va suv quvurini ta’mirlash ishlari boshlandi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish