Yoshlarning siyosiy bilimlari sinovdan o‘tkazildi
Yoshlarning siyosiy bilimlari sinovdan o‘tkazildi

 

Partiyamiz Namangan viloyat kengashi tomonidan “Siyosatdagi yoshlar” intellektual turnir tashkil etildi.

Mazkur tadbir yoshlarning siyosiy bilimini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish hamda siyosiy jarayonlarga daxldorlik hissini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.

Bellashuvlar 3 ta shart asosida tashkil etildi. Shartlar ishtirokchilarning siyosiy savodxonligi, mantiqiy fikrlashi, tezkor qaror qabul qilish qobiliyati hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishga qaratildi. Qizg‘in bahs-munozaralar, savol-javoblar va tahliliy fikrlar orqali jamoalar o‘z salohiyatini namoyon etdilar.

Bunday intellektual turnirlar yoshlarning siyosiy tafakkurini rivojlantirib, yetakchilik ko‘nikmalarini shakllantiradi hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etadigan yetuk kadrlar sifatida kamol topishiga xizmat qiluvchi muhim maydon bo‘ladi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish