Yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni aniqlash maqsadida partiyamiz Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan Toshkent davlat texnika universitetida “Siyosatdagi yoshlar” loyihasi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Bellashuvda poytaxtimizdagi 18 ta oliy ta’lim muassasasidan faol va bilimdon yoshlar ishtirok etdi. Qizg‘in bahs va murosasiz raqobat ruhida kechgan o‘yinlar yoshlarning mantiqiy fikrlashi va jamoaviy ishlash salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Goodfellas” jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi. G‘oliblar O‘zbekiston XDP tomonidan diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.