Fraksiyamiz a’zosi F.Sharipov Denov tumanidagi 3691-sonli harbiy qismda, tumandagi aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish shtabida, “Yangi ariq”, “Chag‘oniyon”, “Bog‘i eram” va “O‘rikzor” mahallalarida, Denov tadbirkorlik va pedagogika oliygohida, 50-sonli maktabda va Smart kids maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatida uchrashuvlar o‘tkazdi.
Jumladan, «Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)» maqomi berilgan Denov tumani va “Bog‘i eram” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganib, ushbu amaliyotni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar oldi.
F.Sharipov shu bilan birga, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha tuman shtabi faoliyati hamda bu borada olib borilayotgan ishlar holatini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, saylovchilar bilan uchrashuvlarda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarining mazmuni hamda ahamiyatini targ‘ib qildi.
Fuqarolarning murojaatlari yuzasidan ular bilan uchrashilib, tegishli tushuntirishlar olib borildi.