Deputatlar hududlarda korrupsiyaga qarshi targ‘ibot va maktablar holatini o‘rganmoqda

 

Ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining hududlarda ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, fraksiyamiz a’zosi Z.Akramova mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashib, yig‘ilganlarga korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyatini yetkazdi.

Suhbat davomida mahalliy Kengashlar faoliyati, maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Uchrashuv davomida tuman va shahar tashkilotlarida, jumladan, ta’lim, kadastr, tibbiyot, bandlik kabi sohalarda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati muhokama qilindi.

Yana bir deputatimiz I.Narizova Navoiy viloyati Konimex tumanidagi “Sarjal” va “Yangig‘azg‘on” ovullarida joylashgan maktablardagi holat ko‘zdan kechirilmoqda.

O‘rganish jarayonida ta’lim muassasalarining umumiy holati, o‘quv jarayoni va yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilindi. Xususan, ayrim maktablarda issiqlik ta’minoti tizimining yetarli darajada ishlamayotgani, darslik va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlash masalasida kamchiliklar mavjudligi, shuningdek, bolalarning ayrim hollarda maktabga o‘z vaqtida kelmasligi bilan bog‘liq muammolar qayd etildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Saylov-2019 Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish