Aholini issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan deputatlik nazorati tadbirlari davom etmoqda.
O‘zbekiston XDP Oltinsoy tuman kengashi deputati A. Egamberdiyev tomonidan tumanning “Ovchi” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida mahalla hududidagi aholi yashash xonadonlarining ichimlik suvi va elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mavjud infratuzilma, tarmoqlarning texnik holati hamda aholining murojaat va takliflari atroflicha o‘rganildi.
Nazorat tadbiri davomida aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi hamda masalalarning ijobiy hal etilishini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi nazoratga olindi.