Deputat aholi murojaatlarini joyida o‘rganib, muammolarga yechim topishga kirishdi
Xalq deputatlari Qo‘rg‘ontepa tuman Kengashi deputati O‘.Nosirov o‘zi saylangan 12-Qo‘shtepa saylov okrugidagi “Toshloq” mahallasida bo‘lib, aholi murojaatlarini qabul qildi.
Mahalla faollari bilan hamkorlikda aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotgan masalalar joyida o‘rganildi.
Xususan, mahalla ichki yo‘llarining holati, ko‘chalarni tunda yoritish, shuningdek, aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli taklif va chora-tadbirlar belgilab olindi.