Ichimlik suvi muammosi hal etildi
Ichimlik suvi muammosi hal etildi

 

Xalq deputatlari Qiziriq tuman Kengashidagi deputatimiz K.Muhammadiyev “Zarobod” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida aholi tomonidan ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq murojaat bo‘ldi.

Mazkur murojaat yuzasidan deputat mahallasi raisi bilan birgalikda hududni ko‘zdan kechirdi va ichimlik suvi bilan bog‘liq mavjud vaziyatni o‘rgandi. Muloqot jarayonida mavjud muammolar, suv ta’minotidagi uzilishlar va ularni bartaraf etish choralarini koʻrish masalalari muhokama qilindi.

Natijada mutasaddi tashkilot vakillari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga kirishdi. Deputat aholiga sifatli va uzluksiz ichimlik suvi yetkazib berish masalasini doimiy nazoratga oldi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish