Deputat fuqarolarning murojaatini hal qilishga kirishdi
Xalq deputatlari Qo‘rg‘ontepa tuman Kengashidagi deputatimiz Feruzaxon Qodirova “Ustoz” mahallasida bo‘lib, aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Mahalla aholisi “Barhayot” ko‘chasidagi yo‘lning 500 metr qismiga maxsus piyodalar yo‘lagini qurish zarurligini bildirdi. Sababi bu ko‘chada 2000 nafardan ziyod o‘quvchi ta’lim oladigan 1-umumta’lim maktabi, shuningdek, Tibbiyot birlashmasi va Tez yordam markazi joylashgan. Lekin shu vaqtgacha piyodalar yo‘lagi yo‘qligidan fuqarolar hayorini xavfga qo‘yib harakatlanishgan.
Deputat mazkur masala bo‘yicha mas’ul idoralar bilan bog‘lanib, muammoga ijobiy yechim topishini bildirdi.