Fargʻonada ijtimoiy soha va bandlik masalalari o‘rganildi

 

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston XDP fraksiya aʼzolari hududlarda saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazmoqda.

Navbatdagi muloqotlar Fargʻona viloyatida tashkil etildi. Deputatlar – D.Mamajanova, Sh.Ahmedovlar, shuningdek, partiyaning viloyat kengashi vakillari ishtirokida hududdagi ijtimoiy ob’yektlar faoliyati oʻrganildi.

Oʻrganishlar davomida Fargʻona perinatal markazida onalar va chaqaloqlarga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, zamonaviy uskunalar, kadrlar salohiyati tahlil qilindi. Mavjud muammolarni bartaraf etish va moddiy-texnik bazani mustahkamlash boʻyicha aniq takliflar ilgari surildi.

Shuningdek, Fargʻona viloyatida nogironligi boʻlgan shaxslarga ixtisoslashtirligan kasb-hunar maktabi faoliyati koʻzdan kechirildi. Nogironligi boʻlgan yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻqitish, ularning keyingi bandligini taʼminlash va jamiyatga integratsiyasini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

Uchrashuvlarda quyidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi:

- ijtimoiy muassasalar infratuzilmasini yaxshilash;

- aholi bandligini oshirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish;

- yoshlar va xotin-qizlarni manzilli qoʻllab-quvvatlash;

- saylovchilar murojaatlarini parlament nazoratiga olish.

 

Ochiq muloqotlar – joylardagi muammolarni aniqlash va ularni tizimli hal etishning muhim mexanizmi hisoblanadi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish