Yoshlar bandligi va sanoat salohiyati – parlament e’tiborida

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasimiz a’zosi Iba Narizova Navoiy erkin iqtisodiy zonasi hududida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida hududda faoliyat yuritayotgan korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari, investitsiya loyihalari hamda yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan ishlab chiqarish jarayonlari yosh mutaxassislarning kasbiy o‘sishi uchun muhim omil ekani qayd etildi.

Muloqot jarayonida quyidagi aniq masalalar ko‘tarildi: Jumladan,

– yoshlar bandligini yanada oshirish va yuqori malakali ish o‘rinlari yaratish;

– ishlab chiqarishda “ustoz-shogird” tizimini kuchaytirish;

– yosh xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturlarini kengaytirish;

– munosib mehnat sharoitlari va ijtimoiy himoya kafolatlarini ta’minlash;

– yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash kabi ustuvor jihatlar muhokama qilinib, bildirilgan taklif va mavjud muammolarni mas’ul idoralar bilan hamkorlik tizimli hal etishga kelishib olindi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish