Bugun partiya Markaziy Kengashi hamda hududiy tashkilotlari xodimlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, zamonaviy siyosiy kommunikatsiya hamda jamoatchilik bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy o‘quv-mashg‘uloti o‘tkazildi.
Unda Ijtimoiy himoya milliy agentligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i — matbuot kotibi Dilfuzabegim Ruzmetova zamonaviy kommunikatsiya usullari, jamoatchilik bilan samarali muloqot olib borish hamda axborot siyosatini samarali tashkil etish, shuningdek, “Nutq madaniyati, jamoatchilik oldida chiqish qilish, OAV bilan samarali aloqalar”, Markaziy Kengash bo‘lim boshlig‘i Muhsiddin Nizomitdinov “Yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlashda zamonaviy yondashuvlar va interaktiv formatlar”, Shaxzodbek Yetmishboyev “Ijtimoiy tarmoqlarda partiya faoliyatini yoritish: post strategiyasi, kontent va auditoriya bilan ishlash” mavzularida taqdimot qilishdi.
Taqdimotlarda notiqlik mahorati, uning ta’sir mexanizmlari, media savodxonlikni oshirish, kontent strategiyasini shakllantirish, dolzarb vaziyatlarda tezkor sharh berish va partiya pozitsiyasini ifoda etish, auditoriyaga mos ishlash usullari, oflayn va onlayn tadbirlarni tashkil etish hamda yoshlar tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Seminar davomida berilgan amaliy tavsiyalar partiya hududiy tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish, zamonaviy targ‘ibot usullarini joriy etish va jamoatchilik bilan ishlashni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.