“Bir mahalla – bir tashabbus” aksiyasi doirasida amaliy ishlar boshlandi

 

Oltinsoy tuman Kengashidagi deputatimiz Yusuf Qurboniyazov tumanning “Xidirsho” mahallasida aholi vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvda fuqarolar mahallaning ichki yo‘llari holati yaroqsiz ekanligi, mazkur yo‘llarni ta’mirlash uchun tegishli qaror qabul qilingan bo‘lsada lekin hali ijro etilmaganini ma’lum qilishdi.

Deputat ushbu masala yuzasidan 2026-yil 31-yanvar kuni tuman hokimi o‘rinbosari Sh.Mo‘minov nomiga so‘rov yuborgan edi.

Deputatlik so‘rovi tuman hokimligi hamda tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganilib, natijada hududdagi ichki ko‘cha yo‘llarini asfaltlash ishlari amalga oshirildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish