Xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashidagi deputatimiz Javohir Shodmonov tomonidan “Bog‘iafzal” mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash tizimi va ularning bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida hududda jami 4336 nafar xotin-qizlar istiqomat qilayotgani, shundan 192 nafari Xotin-qizlar daftariga kiritilgani aniqlandi. Ushbu toifadagi fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish hamda bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, hududda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkor Sirojova Sadoqat faoliyati ham o‘rganilib, uning tashabbusi bilan 7 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangani qayd etildi. Bu esa aholi bandligini oshirish va daromad manbalarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Deputat tomonidan mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.