Deputat tomonidan buxorolik hamyurtimizning murojaati qanoatlantirildi
Deputat tomonidan buxorolik hamyurtimizning murojaati qanoatlantirildi

 

Xalq deputatlari Qorako‘l tuman Kengashidagi deputatimiz L. Shermuxammedova “Xo‘jalar” mahallasida saylovchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mahallada istiqomat qiluvchi 1-guruh nogironi B. To‘rayev o‘zining jismoniy imkoniyati cheklangani uchun elektron nogironlik aravachasi olishda yordam so‘radi.

Deputat homiylar ko‘magi bilan B.To‘rayevga o‘zi mustaqil harakatlanishi uchun elektron nogironlik aravachasi olib berdi.

Bu kabi amaliy ishlar aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish