Xalq deputatlari Paxtaobod tumani Kengashining tegishli qaroriga muvofiq, tumandagi 4 ta mahallani rivojlantirishga qaratilgan manzilli dastur tasdiqlangan.
Mazkur qarorda “Fayziobod” mahallasida piyodalar yo‘lakchalarini barpo etish, mahallaga ichimlik suvi tarmog‘ini tortish, Chirtaksoybo‘yi, Begobod va Chek ko‘chalarining 4 km uzunlikdagi qismini asfaltlash, hududda elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 2 ta yangi transformator o‘rnatish ko‘zda tutilgan.
Tumanda faoliyat olib borayotgan deputatimiz A. Madumarov ushbu mahallada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda qaror ijrosi doirasida mahalla hududida piyodalar yo‘lakchalarini barpo etish va ichimlik suvi tarmog‘ini tortish kabi muhim infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda.
Jarayon fotosuratlarda.