Maktabgacha ta’lim tashkilotining qurilishi deputat nazoratida
Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashi deputati D. Xasanova tomonidan shaharda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari deputatlik nazoratiga olingan.
Jumladan, bugungi kunda “Qizil-qum” ovulida 17-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining yangi binosi qurilmoqda. Rejaga ko‘ra, ushbu muassasa 180 o‘ringa mo‘ljallangan va 2 qavatli zamonaviy binoga ega bo‘ladi. Qurilish ishlari uchun 7 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan bo‘lib, mazkur obyektni foydalanishga topshirish muddati joriy yilning oktabr oyiga belgilangan.
Yangi bog‘cha ishga tushirilishi natijasida hududdagi bolalar uchun zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlari yaratilishi kutilmoqda.