Qarshida ta’lim sohasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Imomnazar Tursunov va Sharofiddin Nazarov soha vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilik tashabbuslari hamda sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligi, evakuatsiya tizimi va favqulodda chiqish imkoniyatlari, isitish, yoritish va suv ta’minoti tizimlarining ishlash holati hamda sog‘lom ta’lim muhitini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish