Poytaxtdagi bog‘chalar faoliyati o‘rganilmoqda

 

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Irina Tokareva Yunusobod tumanidagi 1-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida bolalar tarbiyasi va ta’limi uchun yaratilgan sharoitlar, muassasaning moddiy-texnik bazasi hamda ta’lim jarayonining tashkil etilishi atroflicha o‘rganildi. Shu bilan birga, tarbiyalanuvchilarning sog‘ligi va xavfsizligini ta’minlash, ovqatlanish sifati hamda sanitariya me’yorlariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.

Deputat tomonidan aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish muhimligi qayd etildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish