Mazkur loyihada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda xalq vakillari ishtirokini kengaytirish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zulayho Akramova tomonidan hududlarda tizimli monitoring ishlari olib borilmoqda.
Xususan, Mirzacho‘l tumanidagi “G‘alaba” mahallasida “Mening bog‘im” loyihasi doirasida obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlar boshlangan. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish va aholiga qo‘shimcha xizmatlar yaratish maqsadida “Mirzacho‘l Agro Star” MCHJ tomonidan savdo do‘konlari hamda kafe qurilishi uchun 850 million so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan. Ayni vaqtda hududni yashil maskanga aylantirish, ekologik muhitni yaxshilash, aholi dam olishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida turli xil manzarali daraxt va ko‘chatlar ekish ishlari amalga oshirilmoqda.
Jarayon deputat nazoratida bo‘lib, ularning sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishi ta’minlanmoqda.