Imkoniyati cheklangan shaxslarga imkoniyatlar yaratish – ustuvor maqsadimiz
Imkoniyati cheklangan shaxslarga imkoniyatlar yaratish – ustuvor maqsadimiz

 

Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi deputati J. Abdullayev tomonidan “Shayxon” mahallasida yashovchi imkoniyati cheklangan fuqaro S. Sohibovaning holidan xabar olinib, kundalik hayotida duch kelayotgan qiyinchiliklari atroflicha o‘rganildi.

O‘rganishlar jarayonida uning erkin harakatlanishi va tashqi muhit bilan muloqot qilish imkoniyatini beruvchi maxsus aravachaga ehtiyoji borligi aniqlandi. Mazkur masala deputat tashabbusi bilan tegishli tartibda o‘rganildi va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi orqali zarur texnik vosita ajratilishiga erishildi.

Hududlarda esa har bir murojaatga befarq bo‘lmaslik, inson qadrini ulug‘lash va manzilli yordam ko‘rsatish kabi xayrli ishlar davom etmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish