Deputat Merganovulda bandlik va kambag‘allikni qisqartirish dasturlari ijrosini o‘rgandi

 

Xalq deputatlari Urganch tuman Kengashidagi deputatimiz Q.Yuldashev Merganovul mahallasida bo‘lib, hududdagi aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishdi.

O‘rganishlarda ma’lum bo‘lishicha, yil boshida mahallada 22 nafar ishsiz fuqaro ro‘yxatga olingan bo‘lsa, bugungi kunga kelib, ularning 13 nafari doimiy ish o‘rinlariga joylashtirilib, 9 nafariga esa imtiyozli kreditlar ajratilib tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashilgan.

Bundan tashqari joriy yilda 11 nafar tashabbuskor fuqaroga jami 370 million so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilgan. Mazkur mablag‘lar aholining real ehtiyojlaridan kelib chiqib,

Xizmat ko‘rsatish;

– Qandolatchilik;

– Tikuvchilik;

– Mebelsozlik;

– Mototsikl va motokultivator xarid qilishga sarflanganligi aniqlandi.

Har bir fuqaroning bandligini ta’minlash va ularni kambag‘allikdan chiqarish orqali oilalar farovonligiga erishish Xalq demokratik partiyasining ustuvor vazifasi hisoblanadi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish