Sho‘rchi tumanida maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi

 

Xalq deputatlari Sho‘rchi tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputatlik guruhi hamda partiyaning Sho‘rchi tuman kengashi tomonidan tumandagi 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.

Tuman Kengashi deputati G. Shermatova hamda O‘zbekiston XDP Sho‘rchi tumani kengashi raisi D. Bekmurodov ishtirok etgan o‘rganish jarayonida muassasaning moddiy-texnik bazasi, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilish holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish, ta’lim sifati hamda bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, zamonaviy sharoitlarni yaratish hamda pedagog-kadrlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari partiyamiz e’tiborida ekani qayd etildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish