Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlari I. Xalmatov va N.Allamuratovalar tomonidan Qaldirg‘och mahallasida joylashgan 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida muassasada yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, bolalar xavfsizligini ta’minlash hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan muhit holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, pedagog xodimlar bilan muloqot o‘tkazilib, ta’lim sifatini oshirish va mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirilib, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish hamda bolalar uchun munosib ta’lim-tarbiya muhitini yaratish muhimligi ta’kidlandi.