Deputat nazoratida transformator nosozligini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda
Deputat nazoratida transformator nosozligini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda

 

Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashidagi deputatimiz D.Karimov tomonidan “Bir mahalla – bir tashabbus” loyihasi doirasida Ayronchi mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaat o‘rganildi.

Mahalla aholisidan kelib tushgan murojaatda elektr transformatoridagi nosozlik tufayli elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilayotgani bildirildi. Mazkur masala deputat tomonidan joyiga chiqib o‘rganilib, tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida muhokama qilindi.

O‘rganishlar natijasida transformator nosozligini bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi. Hozirda ta’mirlash ishlari olib borilayotgan bo‘lib, masala deputatlik nazoratiga olingan.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish