Muloqot va o‘rganish – deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyamiz a’zosi Muqaddas O‘razaliyeva Jizzax viloyatida bo‘lib saylovchilar bilan ochiq muloqotlar, ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganishlar olib bormoqda.

Xususan, deputatimiz Zarbdor tumanidagi 1 va 2-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga borib, muassasalarda yaratilgan sharoitlar, tarbiyalanuvchilarning ovqatlanish jarayoni, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish holati, sanitariya-gigiyena talablari hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish jarayonida 1-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan ishlar va yaratilgan shart-sharoitlar ijobiy baholandi. Lekin 2-sonli muassasada esa oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va foydalanishda sanitariya talablariga to‘liq rioya etilmayotgani, shuningdek, ayrim xavfsizlik qoidalari buzilganligi aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Shundan so‘ng deputatimiz “Oybek” mahallasidagi aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Muloqot davomida fuqarolar tomonidan noqonuniy qurilmalar masalasida, qolaversa, ko‘chalarni yoritish tizimini yaxshilash hamda ichimlik suvi ta’minotidagi uzilishlar bo‘yicha murojaatlar bildirildi.

Deputatimiz har bir murojaatni hal etish uchun tegishli mutasaddilar bilan bog‘lanib, ularning yechimi borasida fikr almashishdi. Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatilganini bildirdi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish