Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyamiz a’zolari “Yoshlar kuni” arafasida hududlarda yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ochiq muloqotlar tashkil etishmoqda.

Jumladan, deputatimiz Zokirjon Zohidov Farg‘ona viloyati So‘x tumani “Chashma” mahallasida o‘tkazilgan yoshlar bilan ochiq muloqotda mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Muloqot davomida deputat Zokirjon Zohidov mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik, ularning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyatlarining kengayib borayotgani, davlat tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, deputatlarimiz Sayyora Imomova va Irina Tokarevalar partiyamiz Toshkent shahar kengashida yoshlar bilan davra suhbati tashkil etishdi.

Davra suhbatidan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularda vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyati tuyg‘usini mustahkamlash, huquqiy bilimlarini yuksaltirish hamda mamlakat taraqqiyotidagi ishtiroki va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan suhbatlarda deputatlarimiz yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdilar.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish