Fuqarolar murojaatlari deputat e’tiborida
Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashi deputati, O‘zXDP deputatlik guruhi a’zosi, tuman hokimi J.Adilov fuqarolar murojaatlarini qabul qildi.
Qabul davomida fuqarolar uy-joyni ta’mirlash, moddiy yordam olish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda boshqa ijtimoiy va shaxsiy masalalar yuzasidan murojaat qildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar bo‘yicha esa mas’ul tashkilot vakillariga tegishli tavsiyalar berildi.