Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashining O‘zXDP deputatlari ishtirokidagi doimiy komissiyasi tomonidan navbatdagi sessiyaga kiritilgan masala yuzasidan “Katta Oltintepa” mahallasi hududidagi tuman veterinariya bo‘limi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida hududda amalga oshirilayotgan veterinariya tadbirlari, veterinariya nazorati, chorva mollari va uy hayvonlarini ommaviy emlash qamrovi, vaksina, biopreparatlar va boshqa vositalar bilan ta’minlanganlik holati, veterinariya laboratoriyasining moddiy-texnik bazasi hamda hayvonlarni identifikatsiya qilish bo‘yicha ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, epizootik vaziyatni prognoz qilish va sohadagi mavjud muammolar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
O‘rganish yakunida hayvonlarning o‘ta xavfli yuqumli kasalliklari kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan tadbirlar ustidan nazoratni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.