Yurtimizda yangi o‘quv yili ko‘tarinki va hush kayfiyat bilan boshlandi. Bilimlar kuni Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik tantanalariga hamohang holda o‘tmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi Firdavs Sharipov Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 300-sonli maktabda bo‘lib o‘tgan Bilimlar kunida ishtirok etdi.
Deputatimiz bugun mamlakatimizda yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilayotgani, ularning sifatli bilim olishi, xorijiy tillarni o‘rganishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun barcha zarur sharoitlar mavjudligini ta’kidladi.
Bayramona muloqotda ustozlarga sharafli faoliyatida muvaffaqiyat, yoshlarimizga esa ilm olishda kuch-g‘ayrat va shijoat tilashdi!
Tadbir yakunida “Birinchi qo‘ng‘iroq” chalinib o‘quv yiliga start berildi.