Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashining 1-Qo‘riqtom saylov okrugida hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va aholining murojaatlarini o‘rganish maqsadida ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlarda Kengash raisi, partiya deputati B. Abdullayev, Qo‘riqtom mahallasi raisi U. Tairov va ko‘cha faoli J. Hamdamov ishtirok etdi. Jarayon davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar, xususan, elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.
Jumladan, Sado ko‘chasiga 250 kVt quvvatga ega yangi transformator o‘rnatish, shuningdek, Sado va Oyirdom ko‘chalariga jami 3 kilometr uzunlikdagi elektr kabel tarmog‘ini tortish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihalar ko‘rib chiqildi. Mazkur loyihalar doirasida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘lami va ularning hududdagi elektr ta’minotini yaxshilashga ta’siri joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Shuningdek, belgilangan ishlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash masalalari yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.