Maktabgacha ta’lim tashkilotida issiqlik ta’minotiga tayyorgarlik o‘rganildi

 

Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashi raisi, O‘zbekiston XDP deputati Maxsud Umarov hamda 6-sonli saylov okrugidan saylangan deputatimiz Shuhrat Aribjanov tomonidan 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida tashkilotning isitish tizimi, qozonxona uskunalari, ichki issiqlik tarmoqlarining texnik holati, issiqlik ta’minotining uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar hamda mavsumni betalafot o‘tkazish uchun amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun qulay va xavfsiz harorat sharoitini yaratish, isitish tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur masala deputatlik nazorati doirasida bo‘lib, kuz-qish mavsumi davomida tashkilotda issiqlik ta’minotining barqaror ishlashi yuzasidan monitoring ishlari davom ettiriladi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish