«Bepul suv manbai»
«Bepul suv manbai»

 

«Yangi O‘zbekiston» gazetasining bugungi, 191-sonida Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi deputati, O‘zXDP Markaziy Kengashi bo‘lim boshlig‘i Muhsiddin Nizomiddinovning yomg‘ir suvini yig‘ish va undan xo‘jalik ehtiyojlarida unumli foydalanish bo‘yicha amaliy tajriba hamda uning natijalariga bag‘ishlangan «Bepul suv manbai» sarlavhali maqolasi chop etildi.

Maqolada Parkent tumanidagi xonadonda loyiha amalda sinab ko‘rilgani, bir yomg‘irda 2 tonnagacha suv yig‘ilgani va ichimlik suvi xarajatlarini oyiga 94 ming so‘mga kamaytirish imkoniyati yaratilgani haqida so‘z boradi.

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish