Mahallalardagi infratuzilma muammolari o‘rganildi

 

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputatlari Xabibulla Akilov va Nigora Eshmetova tomonidan 6-Sarbon saylov okrugi hududidagi mahallalarda aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.

Xususan, “Alisherobod” mahallasida bolalar va yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamonaviy ochiq sport maydonini tashkil etish masalasi o‘rganildi. Buning uchun foydalanish mumkin bo‘lgan bo‘sh yer maydoni mavjudligi aniqlanib, mutasaddilar bilan zarur ishlar muhokama qilindi.

“Ijodkor” mahallasida elektr energiyasini uzatuvchi 15 ta simyog‘ochning eskirgani, shuningdek, 15 ta xonadon kanalizatsiya tarmog‘i bilan ta’minlanmagani aniqlandi. Eskirgan simyog‘ochlarni yangilash va xonadonlarni kanalizatsiya tarmog‘iga ulash masalalari bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

Shuningdek, ichki yo‘llar va tungi yoritish tizimi bilan bog‘liq masalalar ham o‘rganildi. Jumladan, “Ijodkor” mahallasidagi 150–200 metr ichki yo‘lga, “Alisherobod” mahallasidagi Milliy bog‘ ko‘chasining 70 metr qismiga asfalt qoplamasi yotqizish hamda “Ijodkor” mahallasining ichki ko‘chalarini yoritish zarurati qayd etildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, masalalarni nazoratga olish va aholi uchun qulay infratuzilma yaratish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish