Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi

 

Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy xizmatlar va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash, ularning sifatli ta’lim olishi hamda munosib ish bilan bandligini ta’minlash borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda partiya guruhi rahbari B. Tashevning hisoboti va Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi sho’ba mudiri N. Ulug‘berdiyevning axboroti tinglandi.

Muhokamalarda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ta’lim muassasalarida zarur sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, inklyuziv ta’lim joriy etilgan maktablarda to‘siqsiz muhitni shakllantirish, panduslar va moslashtirilgan sanitariya xonalarini tashkil etish, korreksion mashg‘ulotlar uchun zarur jihozlar bilan ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni malakali pedagoglar va mutaxassislar ko‘magida ta’limga jalb etish masalasi ko‘tarildi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya vositalari bilan o‘z vaqtida ta’minlash, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish va ularning mehnat faoliyatida ishtirok etishi uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan ham fikr almashildi.

Yig‘ilish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish, inklyuziv ta’lim sifatini oshirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ushbu yo‘nalishdagi ishlar ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish