Keyingi yillarda butun mamlakatimizda bölgani kabi Qaşqadaryo viloyatida ham amalga oşirilayotgan jadal özgariş va islohotlar hayotiy natijalarini bermoqda. Davlat rahbari ğoya va taşabbuslari asosida hayotga tatbiq etilayotgan iqtisodiy strategiya hududning sanoat va texnologiya salohiyatini tubdan özgartiryapti. Ayni paytda u ijtimoiy masalalarni hal etiş va inson kapitalini rivojlantirişning işonçli kafolati bölmoqda.
Uzoq yillar Qaşqadaryo faqat paxta, ğalla va tabiiy gaz beradigan xomaşyo hududi sifatida tanilgan, bu sir emas. Lekin keyingi yillardagi izçil islohotlar va maqsadli investitsiya siyosati tufayli viloyat iqtisodiyoti yangi yölga çiqdi. Bugun Qaşqadaryo xomaşyo yetkazuvçi hududdan yuqori qiymatli, tayyor, içki va taşqi bozorda raqobatbardoş mahsulot işlab çiqaruvçi innovatsion markazga aylanmoqda.
Prezident Şavkat Mirziyoyevning Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi davomida bunday tub özgarişlarning amaldagi natijalari aniq raqamlarda yaqqol körsatib ötildi. Sönggi beş yilda voha iqtisodiyotiga 20 trillion söm yönaltirildi va 7 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilindi. Şu tufayli aholi jon boşiga daromad uç baravar oşdi. Ta’kidlanganidek, endi asosiy mezon mahsulotni viloyatning özida çuqur qayta işlaş, odamlarga munosib daromad va barqaror iş berişdir.
Hozirgi kunda har qanday iqtisodiy loyihaning eng oliy mezoni şunday: yangi iş örinlari, odamlarning daromadi va ijtimoiy barqarorlik. Şu nuqtai nazardan, Prezident start bergan 6 milliard dollardan ortiq qiymatdagi 161 ta loyiha alohida ahamiyatga ega. Ularning 69 tasi işga tuşdi, 92 tasining qurilişi boşlandi. Faqat işga tuşayotgan 28 ta yirik korxonada 7 mingga yaqin doimiy iş örni yaratilyapti. Italiyaning «Cotonella» brendi bilan hamkorlik loyihalari va Koson, Mirişkor, Kasbi tumanlaridagi töqimaçilik klasterlari yana 18 ming yangi iş örni yaratişi kutilmoqda. Bu ijtimoiy barqarorlik haqidagi fikrlarning hayotdagi isboti böladi.
Taşrif davomida Qaşqadaryo ilğor kasbiy mahorat texnikumi va uning negizida taşkil etilgan “Kasblar şaharçasi” faoliyati bilan tanişib, zamonaviy kasb-hunar örgatiş böyiça vazifalar belgilab berilgani ham alohida ahamiyatga ega. Qiymati 42 milliard söm bölgan texnikum 5,2 gektar maydonda joylaşgan, hozir bu yerda 10 ta yönaliş böyiça 417 nafar yoş tahsil olayotgan ekan. Texnikum viloyatdagi boşqa kasbiy ta’lim muassasalari uçun ham metodik va amaliy baza bölib xizmat qilişi möljallangani, 2 ming 800 nafar öquvçi şu yerda amaliyot ötaşi yangiça yondaşuvning amalga oşayotganidan dalolat bermoqda. Kasbli inson esa heç qaçon kam bölmaydi.
Işonç bilan aytiş mumkinki, 2027-yil Qaşqadaryoda zamonaviy sanoat va agrotexnologiyalar asosida rivojlantiriş yili bölişi viloyat taraqqiyotida yangi tarixiy davrni boşlab beradi. Bu keng kölamli islohotlarning zamirida davlatimiz siyosatining boş ğoyasi – inson qadrini uluğlaş va xalqni rozi qilişdek ezgu maqsad turibdi.
Uluğbek Inoyatov,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi
ÖzXDP fraksiyasi rahbari.