Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Unda aholi hamda atrof-muhitni radioaktiv çiqindilarning zararli ta’siridan himoya qiliş, ma’muriy sud işlarini yuritişni xalqaro standartlardan kelib çiqqan holda takomillaştiriş, bozorda teng şaroitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlaş, şuningdek, yaşirin iqtisodiyot uluşini qisqartirişga qaratilgan qonun loyihalari muhokama qilindi.
Yiğilişda loyihalarning amaldagi qonunçilikni takomillaştiriş, aholi manfaatlarini himoya qiliş, teng imkoniyatlar yaratiş va huquqni qöllaş amaliyotida samaradorlikni oşiriş masalalari bilan boğliq ahamiyati atrofliça körib çiqildi.
Deputatlar Ma’muriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodeksni xalqaro standartlar asosida takomillaştirişga qaratilgan qonun loyihasi qator fikr-mulohazalarni keltirib çiqardi.
Taşabbuskorlarga köra, bugungi kunda ma’muriy sud işlarini yuritişda qator kamçiliklar mavjud. Jumladan, ommaviy huquqiy munosabatlarda özini oqlagan institut va tartiblar töliq implementatsiya qilinmagan, ma’muriy aktlar ustidan beriladigan da’vo turlari aniq belgilanmagan va maxsus da’vo muddatlari qayd etilmagan. Bundan taşqari, ma’muriy organlar bilan fuqarolar va yuridik şaxslar örtasidagi nizolarning sudga taalluqliligiga oid qoidalar yetarli darajada tartibga solinmagan, arizani iş yuritişga qabul qiliş, işlarni körib çiqişga oid protsessual muddatlar, ularni tiklaşning aniq çegaralari közda tutilmagan.
Fraksiya a’zolari qonun loyihasi konsepsiyaning ayrim me’yorlari böyiça bir qator tahlil va takliflarini ma’lum qilişdi.
Xususan, deputat Dilbar Mamadjonova 2-moddadagi “ma’muriy norma ijodkorligi” va “boşqa ommaviy huquqiy munosabatlarda huquqiy aniqlikni ta’minlaş” degan tuşunçalar mavhum bayon etilganiga urğu berib, ularga huquqiy jihatdan aniqlik kiritilişi lozimligini ta’kidladi.
Fraksiya a’zosi Şokirjon Ahmedov esa qonun loyihasidagi 24-moddaga kiritilayotgan yangi me’yor sudyalar biryoqlama qaror qabul qilişiga yoki korrupsion holatlarga olib kelmasligi haqidagi savoliga aniq javob berilişini söradi.
Yana bir deputatimiz Uluğbek Şermatov ma’muriy sudlar faoliyatini isloh qiliş va bugungi kun qonunçilik talablariga muvofiq takomillaştiriş muhim jarayon ekanini qayd etdi. Deputat fikriga köra, notöğri qöllanilgan moliyaviy sanksiyalar ustidan tadbirkor da’vo arizasi kiritganida davlat bojidan ozod qilinmayotgani, bunday holatlarga qonun loyihasida aniq javoblar bölişi kerak.
Fraksiya a’zosi Zuhra Şodiyeva esa sudga jamoaviy da’vo arizalar kiritilişining aniq mexanizmlarini körsatiş lozimligiga e’tibor qaratib, bu jarayonni amalga oşiriş tartibi sodda va xalqona tarzda bayon etilişi zarurligini bildirdi.
Deputatlar qizğin bahs-munozaralardan söng qonun loyihasini konseptual jihatdan qöllab-quvvatlab, ikkinçi öqişga tayyorlaş jarayonida fraksiya a’zolarining taklif va fikr-mulohazalari inobatga olinişi lozimligini ta’kidlaşdi.
Şuningdek, yiğilişda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi raisiga «Ösimliklar karantini sohasini tartibga soliş va karantin tadbirlarini olib boriş, kimyolaştiriş va ösimliklarni himoya qiliş vositalari bilan boğliq işlarni xavfsiz amalga oşiriş töğrisida» parlament sörovi yuboriş taklifi ma’qullandi.
Yakunda kun tartibidagi masalalar böyiça Xalq demokratik partiyasi elektorati manfaatlari himoyasiga qaratilgan qarorlar qabul qilindi.