Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, Özbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Irina Tokareva mas’ullar bilan birgalikda Uçtepa tumanidagi “Zulfizar” va “Yusuf Sakkokiy” mahallalarida jamoat xavfsizligi holatini örgandi.
Örganişlar davomida “mahalla yettiligi” vakillari va profilaktika inspektorlari bilan uçraşuvlar ötkazilib, hududlarda jinoyatçilikning oldini oliş, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlaş va fuqarolar osoyiştaligini ta’minlaş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuvning muhim qismi ijtimoiy yönalişda amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişişdan iborat böldi. Bugungi kunda “Zulfizar” mahallasida 360 nafar pensioner va 35 nafar nogironligi bölgan şaxs istiqomat qiladi. Ular uçun doimiy e’tibor, manzilli qöllab-quvvatlaş va yuzaga kelayotgan masalalarni öz vaqtida hal etiş masalalari ham örganildi.
Şuningdek, mahallalarda mavjud xavfsizlik muammolari, oilaviy nizolarni bartaraf etiş, işsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli işlaş hamda aholi murojaatlarini öz vaqtida hal etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday örganişlardan közlangan asosiy maqsad esa aholi uchun xavfsiz muhit yaratiş va fuqarolarning muammolarini joyida örganiş hamda ularning yeçimi böyiça tegişli çoralarni belgilaşdan iborat.