Iqtisodiy samaradorlik ijtimoiy barqarorlik bilan ölçanadi
Iqtisodiy samaradorlik ijtimoiy barqarorlik bilan ölçanadi

 

Bugun Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyati Yuqori Çirçiq tumaniga taşrif buyurib, «NURA Electric» elektrotexnika mahsulotlari işlab çiqariş korxonasi faoliyati bilan tanişdi hamda elektrotexnika tarmoğida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va investorlar bilan muloqot ötkazdi.

Muloqotda elektrotexnika sanoatiga alohida e’tibor qaratilgani bejiz emas. Elektrotexnika tarmoği nafaqat sanoatning muhim yönalişi, balki mamlakatning texnologik taraqqiyoti, energetik xavfsizligi, raqobatbardoşligi va eksport imkoniyatlarini belgilab beruvçi sohalardan biridir. Energiya iste’moli ösib, tarmoqlar yangilanayotgan bir paytda içki bozorni sifatli mahalliy mahsulotlar bilan ta’minlaş importga qaramlikni kamaytiradi va yaratilgan qöşilgan qiymat mamlakatimizda qolişini ta’minlaydi.

Muloqotda bildirilgan fikrlar, ilgari surilgan taşabbuslardan kelib çiqib, uçta muhim jihatga alohida töxtalmoqçiman.

Birinçidan, mahalliy işlab çiqarişni kengaytiriş va mahsulotlar raqobatbardoşligini oşiriş zarurligi qayd etildi. Buning uçun zamonaviy texnologiyalar, innovatsiyalar va energiya tejamkor işlab çiqariş usullarini joriy etiş lozim. Raqobatbardoşlik faqat narxda emas, balki sifat, işonçlilik va servisda ham namoyon böladi. Şundagina mahsulotimiz taşqi bozorlarda ham öz örnini topadi.

Ikkinçidan, investitsiya loyihalarining eng muhim natijasi yangi iş örinlari yaratiş, yoşlarni kasb-hunarga örgatiş va aholi daromadlarini oşirişda namoyon bölişi kerak. Har bir yangi korxona hududdagi yoşlar uçun barqaror iş va malakani oşirişning amaliy maktabiga aylansa, loyihaning ijtimoiy samarasi yanada ortadi.

Uçinçidan, sanoat taraqqiyoti ekologik mas’uliyat bilan uyğun bölişi ham muhim. Energiya va resurslarni tejaş, çiqindilarni kamaytiriş, ekologik xavfsiz texnologiyalardan foydalaniş bugungi kunning muhim talabidir. Bu xarajat emas, kelajakka qilingan uzoq muddatli sarmoya hisoblanadi, albatta.

Men deputat sifatida investitsiya hajmi bilangina emas, balki uning natijalari, ya’ni yangi iş örinlari, mahalliy mahsulotlar, aholi farovonligi va ekologik xavfsizlik bilan baholanişi tarafdoriman. Zero, iqtisodiy taraqqiyotning boş maqsadi xalq farovonligi, munosib turmuş şaroiti va kelajak avlodlar uçun barqaror imkoniyatlar yaratişdir.

 

Qizilgul Qosimova,

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati,

ÖzXDP fraksiyasi a’zosi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Oliy Majlis Partiya munosabati Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish