Tan olish kerak, yurtimizning ayrim chekka tuman va qishloqlarida transport-kommunikatsiya tizimi yetarli darajada rivojlanmagan yoki tartibga solinmagan holatlar talaygina. Buning sababi, eng avvalo, mavjud imkoniyatdan to‘g‘ri va samarli foydalanishdagi e’tiborsizlikdir.
Xuddi shunday muammo yaqin-yaqingacha Xonqa tumani “Navro‘z” mahallasi aholisini ham qiynab kelayotgan edi. Xalq demokratik partiyasining Xonqa tumani Kengashi deputati Komiljon Ho‘sinovning aholi murojaatiga hozirjavobligi bilan mazkur muammoga yechim topildi. Hozirda deputat so‘rovi asosida “Navro‘z” mahallasiga “Bunyod yo‘lovchi tashish” MChJ tomonidan avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Bugungi kunda mazkur mahalladan tuman markaziga tonggi soat 6-00dan kechki 20-00ga qadar har 30 daqiqada avtobus qatnab turibdi.
Xalq deputatlari Xonqa tuman Kengashi deputati Bekchanboy Mahmudov “Namuna” qishlog‘i, “Turkiston” mahallasida yashovchi nogironligi bo‘lgan fuqaro To‘xtavoy Tojiyevga nogironlik aravacha olib berishda amaliy yordam ko‘rsatdi.
Deputat Xonqa tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘iga deputat so‘rovi bilan chiqdi. Navbati bilan To‘xtavoy Tojiyevga nogironlik arvachasi berildi.
Davron Jumaniyozov, Iskandarov Umrbek Otabek o‘g‘li, Rahmonov Qahramon Qadamboy o‘g‘li Namuna qishlog‘i, “Turkiston” mahallasida yashovchilarni Xonqa ta’mirlash va tiklash hizmati davlat unitar korxonasiga ishga joylashishlarida amaliy yordam ko‘rsatdi.
Xorazm viloyat kengashi
Axborot xizmati.