Buxoroda “Deputat mahallada” loyihasi o‘tkazilmoqda
Buxoroda “Deputat mahallada” loyihasi o‘tkazilmoqda

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi va Buxoro viloyati kengashi hamkorligida Jondor va Olot tumanlarida “Deputat mahalla”da loyihasi doirasida aholi bilan «Mahallabay» va «fuqarobay» tizimda ishlarni tashkil qilish masalasiga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Ulug‘bek Vafayev, Sherzod Raxmonovlar, partiyadan saylangan mahalliy kengashlardagi partiya guruhi a’zolari va hamkor tashkilotlar vakillari Jondor tumanida ijtimoiy va iqtisodiy sohadagi muammolarni hal qilishda “mahallabay” va “fukarobay” shaklda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Hududdagi Ushot mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi “Ayollar” daftariga kiritilgan Maxfirat Mo‘minovaga doimiy daromatga ega bo‘lishi uchun mini pech berildi.

Guruh a’zolari «1+1» sxemasi asosida ayollar va yoshlar daftarlariga kiritilgan ishsiz xotin-qizlar va yoshlarning 25 nafarini “Chinor” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligiga ishga joylashtirilishi, ularga mehnat daftarcha yuritilishini o‘rganib chiqdi.

Tumandagi Qurilish va milliy hunarmandchilik kollejida kasb-hunarga o‘qitish ishlari bilan tanishildi. O‘qishni tugatgan qizlarga sertifikatlar topshirildi. Tashkillashtirilgan mehnat yarmarkasida 44 ta tashkilot 460 ta ish o‘rni bilan qatnashdi. 10 nafar fuqarolar ishga qabul qilindi. 20 nafariga kasb-hunarga o‘qitish uchun yo‘llanmalar berildi.

Partiya tomonidan “Oqtepa” mahallasida istiqomat qilayotgan Zokir Artiqovga madad aravachasi topshirildi. “Pochchoyi” mahallasi “Torob” qishlog‘ida yashovchi O‘g‘iloy Ochilovaga tikuv mashinasi berildi.

Olot tumanida ham o‘rganish ishlari olib borildi. Tumandagi 1-son kasb-hunar maktabida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. “Ayollar” va “Temir” daftarlarga kiritilgan xotin-qizlarga o‘z mehnat faoliyatini boshlashi uchun tikuv mashinalari topshirildi. “Xidreyli” mahallasidagi 8 nafar ayol qizlarga 8 sotixdan ekin yerlari ajratib berildi. “Usmonsheyx” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli bo‘lgan “Qipchoq” qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Anvar Ochilovga nogironlik aravachasi topshirildi.

 

Zarif Komilov,

O‘zA

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish