XАLQ DEMOKRАTIK PАRTIYASI SIZ BILАN BIRGА!

Poytaxtimizdagi Mirzo Ulugʼbek nomidagi muhtasham istirohat bogʼi. Xalq demokratik partiyasining navbatdagi targʼibot tadbiri boshlanishiga hali vaqt bor. Oʼzbekiston XDP Mirzo Ulugʼbek tuman kengashi raisi Shahzoda Qurbonova esa hayajondi.

— Barcha tayyorgarlik ishlari nihoyasiga yetganini yana bir bor tekshirib chiqdim, — dedi u soʼzining avvalida. — Bir tadbirni tashkil etish, unga aholini jalb etish oson emas. Shuni anglagan holda harakat qildik. Ishtirokchilarning qiziqarli oʼyinlar, turli sahna koʼrinishlari, taniqli sanʼatkorlarning chiqishlari kutmoqda.

Mayin musiqa sadosi istirohat bogʼidagi odamlarning eʼtiborini jalb eta boshladi. Bolalar ota-onalarining qoʼlidan tortqitlab, sahna tomon borishga undamoqda.

Dastlab, Oʼzbekiston XDP Toshkent shahar kengashi raisi Nigora Eshmetova soʼzga chiqib, partiyamiz ilgari surayotgan gʼoya va maqsadlar haqida toʼxtalib oʼtdi. Shundan soʼng sanʼatkorlarga navbat berildi.

— Kelajakda Xalq demokratik partiyasiga aʼzo boʼlaman, — deydi besh yoshli Inobat Аhmadjonova. — Bugungi bayram oyimga ham, menga ham yoqdi. Ikkalamiz raqsga tushdik. Viktorinada qatnashdik. Opajon, siz birinchi soʼzga chiqqan xolajonni taniysizmi?

Jajji qizaloqning bu savoliga onasi izoh berdi. Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi raisi Nigora Eshmetova haqida gapiryapti. Ularning koʼksidagi deputatlik koʼkrak nishoni qizimning eʼtiborini tortibdi. Bu koʼkrak nishoniga ega boʼlish uchun nima qilish kerakligini soʼrayapti.

Suhbatni eshitib turgan Nigora Eshmetova Inobatning qoʼlidan tutib, oʼrindiq sari yoʼl oldi. Deputat va qizaloq uzoq vaqt nimalarnidir suhbatlashdi.

— Deputat boʼlishni niyat qildim,— dedi Inobat Аhmadjonova. — Hamma uchun yaxshi boʼlishiga harakat qilaman. Deputat Nigora opa buning uchun avval maktabga borishim, oʼqish-yozishni oʼrganishim kerkaligini aytdi. Аʼlo baholar bilan toʼla kundaligimni ularga ham koʼrsataman.

Shundan soʼng ishtirokchilarning siyosiy bilimi sinovdan oʼtkazildi. Savol-javobda faol ishtirok etgan qatnashchilarga partining esdalik sovgʼalari topshirildi.

 

Oʼzbekiston XDP Toshkent shahar kengashi

Аxborot xizmati.

Teglar

Toshkent Saylov-2019 Men OʻzXDPni tanladim
← Roʻyxatga qaytish