Avval xabar berganimizdek, xalq vakillari hududlarda parlament nazorati doirasida örganiş işlarini olib bormoqdalar.
Xususan, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, Özbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Muqaddas Örazaliyeva Jizzax viloyati, Zomin tumanida soha mutasaddilari bilan birgalikda fuqarolar bilan uçraşuv ötkazdi.
Qabul davomida 5 nafar fuqaroning murojaatlari tinglanib, ularning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qöşimça örganiş va muayyan muddat talab qiladigan 3 ta murojaat esa tegişli mas’ullarga biriktirilib, ularning ijrosi deputat nazoratiga olindi.
Şuningdek, deputatlik tanlovi asosida belgilangan “Yoşlik” mahallasining Elobod va Dehqonobod köçalarida “Taşabbusli budjet” loyihasi doirasida amalga oşirilgan işlar örganildi.
Jumladan, köçalarda bajarilgan işlar közdan keçirilib, içki yöllarning holati va aholi uçun yaratilgan qulayliklarga e’tibor qaratildi. Jarayonda fuqarolar bilan bevosita muloqot ötkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.
Muloqot davomida yöl infratuzilmasini yanada yaxşilaş, aholiga qulay va xavfsiz harakatlaniş şaroitlarini yaratiş hamda mavjud muammolarni bartaraf etiş masalalari muhokama qilindi.